Xalqaro turizm fakulteti talabalari statistika xalqaro olimpiada g’olibi bo’ldi

✍️Joriy yilning 16-19 may kunlari Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetda I xalqaro talabalar statistika festivali va Statistika bo‘yicha talabalar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

🏛Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro turizm fakultetining TL-11 guruh talabasi Karimov Sardorbek Baxodirjon o’g’li va TL-41 guruh talabasi Toxirov Mirsaid G‘ofur o’g’li I xalqaro talabalar statistika olimpiadasida ikkita nominasiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

 

🎁G‘oliblarga mukofotlarni topshirishda qatnashgan MDH Bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov statistika sohasida O‘zbekiston talabalarining ilmiy salohiyatini yuqori baholab, ularga kelajakda yanada katta zafarlar tiladi.

👨‍🏫Shuningdek Statistika kafedrasi mudiri Ayubdjanov Abbas Xasilovich va professor o’qituvchilariga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Leave a Reply