Bizni yaqinroq biling

Biz haqimizda

Fakultet tarixi

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining mustaqilligini mustahkamlash va kuchli iqtisodiyot asoslarini yaratish turli sohalarda iqtisodiyotni modernizatsiyalashni taqozo etadi. Davlat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biri tovar va xizmatlarni izchillik bilan jahon bozorlariga kirib borishida sayyohlik xizmatlaridan unumli foydalanishdan iboratdir. Bu jarayonni amalga oshirishda turizm sohasida kadrlar tayyorlash muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Xalqaro turizm» fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-iyunda «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida»gi PF-2332-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi 1999-yil 2-iyulda «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 324-sonli Qarori asosida tashkil etilgan. Shuningdek, qarorni bajarish, yurtimizda turizm bo‘yicha zamon talablari darajasidagi mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus taʼlim muassasalarini yaratish hamda shu asosda mamlakatimizda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yana-da oshirish darkor. Xalqaro turizm fakultetining aksariyat professor-o‘qituvchilari turizm va servis sohalari bo‘yicha Polsha, Germaniya, Finlandiya, Avstriya, Turkiya, Misr, Yaponiya, Xitoy va boshqa bir qator xorijiy davlatlarda malaka oshirib kelishmoqda.

Fakultetning 2021-2022 o‘quv yilida erishgan yutuqlari, ilmiy sohadagi muvaffaqiyatli loyihalari va ko‘plab tashkillashtirgan tadbirlari haqida batafsil

Bitiruvchi 2022