🏛Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro turizm fakulteti “Turizm va servis” kafedrasi tomonidan “Respublikada ichki turizm salohiyatini oshirish: imkoniyatlari va yechimlar” mavzusida bakalavr va magistrlar ishtirokida ilmiy seminar tashkillashtirildi.
⚡️Tadbirni o‘tkazishdan maqsad: Respublika ichki turizmini rivojlantirish va takomillashtirish muammolarini o‘rganib chiqish va yangi imkoniyatlarni aniqlab olish seminarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
🌏Unda turizm yo’nalishida tahsil olayotgan va unga yaqin universitetlardan talabalar o’z loyihalarini taqdim etib taqdirlandilar va yangi g’oya va fikrlar o’zaro almashinildi.