“Marketing” kafedrasi 1971-yilda “Savdo iqtisodiyoti” nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. “Marketing” kafedrasi 1990-1996-yillarda “Savdo iqtisodiyoti va biznes”, 1996-2003-yillarda “Marketing va biznes” deb yuritilgan. TDIU rektorining 2003-yil 9-iyuldagi buyrug‘iga binoan “Marketing va biznes” hamda “Ishlab chiqarish vositalari tijorati va marketingi” kafedralari negizida “Marketing” kafedrasi tashkil etilgan.