Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Xalqaro turizm” fakulteti, “Bojxona ishi” kafedrasi 1993-yili “Xalqaro transport munosabatlari va bojxona ishi” nomi bilan tashkil etildi. Respublikamizda shakllanayotgan bojxona va soliq tizimini malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi soliq va bojxona tizimini malakali kadrlar bilan taʼminlash to‘g‘risida”gi 2-may 1995-yildagi 175-sonli farmoniga asosan TDIU “Eksportni davlat tomonidan tartibga solish va bojxona ishi” kafedrasi tashkil etildi va uni birinchi mudiri etib f.m.f.d. prof. A.T.Shermuxamedov tayinlangan. Shundan so‘ng turli yillarda quyida familiyalari keltirilgan professor-o‘qituvchilar kafedra mudiri lavozimlarida ishlaganlar: i.f.d. prof. Bekmuradov Adxam Sharipovich 1994-1994-yilda, i.f.d. prof. Maxmudov Nosir Maxmudovich 1994-1995, i.f.n. dos. Islamov Baxtiyor Anvarovich 1995-yilda, i.f.d. prof. Boltabayev Maxmudjon Rustamovich 1995-1997, i.f.d. prof. Kucharov Abrorjon Sobirjonovich 1997-2011, 2014-2018-yillarda, i.f.d. prof. Qosimova Mafirat Sabirovna 2012-2013-yillarda, i.f.n. dos. Axrarova Dinara Anvarovna 2013-2014-yillarda, i.f.d. prof. G‘ofurov Ubaydulla Vaxobovich 2018-yilda, i.f.n. dos. Sabirov Oybek Shavkatbekovich 2018-2020-yillarda, i.f.d. prof. Kalonov Muhiddin Baxritdinovich 2020-2021-yillarda va 2021-yil mart oyida dos. Zufarova Nozima va 2021-yil sentyabr oyidan boshlab i.f.d. prof. G‘ofurov Ubaydulla Vaxobovich kafedra mudiri v.v.b vazifasida ishlab kelmoqda.